“Bobur Arena”da maydon chimini yangilash ishlari boshlandi (foto)

  • 22 noyabr, 2022, 23:04
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, so‘nggi yillarda O‘zPFL klublar oldidagi infratuzilma bo‘yicha talablarni qat’iylashtirib bormoqda. Jumladan, maydonlar sifatini yaxshilash bo‘yicha ham klublarimiz jiddiy ish olib borishlari talab etilyapti.

Tecno

Joriy mavsumda Farg‘onadagi “Istiqlol” stadioni, Toshkentdagi “Jar” o‘yingohi, Buxorodagi “Buxoro” sport majmuasi, shuningdek Urganch shahridagi “Xorazm” sport majmuasi maydoni yangilanib, yana muxlislarni o‘z bag‘rida qabul qila boshladi.

Kelasi mavsumda ham bu borada qat’iy ish olib borish ko‘zda tutilmoqda. Jumladan, ayni paytda poytaxtimizdagi “Bunyodkor” va Jizzaxdagi “So‘g‘diyona Markaziy” stadionida maydon chimini yangilash ishlari ayni avj pallasida.

Shuningdek, kuni kecha Andijondagi “Bobur Arena” stadionida ham chimni almashtirish ishlari boshlab yuborildi.

bobur1

bobur2

bobur3

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!