Bobur Tagiev MMA yo‘nalishidagi navbatdagi jangini o‘tkazadi

  • 19 iyun, 2023, 12:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

24 iyun kuni o‘zbekistonlik mohir muaytay ustasi Bobir Tagiev MMA yo‘nalishida navbatdagi jangini o‘tkazadi. Xabaringiz bor, yurtdoshimiz uzoq yillik professional muaytay va K-1 yo‘nalishidagi faoliyatidan so‘ng, MMAda ham o‘z omadini sinab ko‘rayotgan edi. Okean ortida hamyurtimiz MMA bo‘yicha 2 ta jangda ham oktagonga ko‘tarilib ulgurdi. Ushbu janglarda bir g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgandi.

Tecno

Hozirda Nursulton Ro‘ziboev, Firdavs Hasanov bilan birgalikda AQShda mashg‘ulotlar olib borayotgan Bobur Tagievning bu safargi raqibi Mayk Jonson bo‘ladi. Mazkur jang engil vazn (70,3 kg) toifasida "Clip Combat" promoushenida bo‘lib o‘tadi. 

O‘z o‘rnida ushbu muhim jangda hamyurtimizga omad tilab qolamiz!

bbo_1

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!