Boks. Osiyo oʻyinlarini gʻalaba bilan boshladik!
Xabaringiz bor, ayni paytda Nagoya-Aichi shahrida Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda. Qitʼamizning eng nufuzli musobaqasida boks boʻyicha birinchi boʻlib, -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan, jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Feruza Kazakova ringga koʻtarildi. U ilk bosqichda taylandlik Raksat Chuthamatga qarshi bahs yuritdi.
Ushbu jangda Kazakova raqibasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va har uch raundda 5:0 hisobida zafar quchgan holda keyingi bosqichga yoʻl oldi!
Maʼlumot uchun, Raksat Chuthamat ushbu Osiyo oʻyinlarining favoritlaridan biri sanalar edi. U ikki karra jahon chempionati bronza medali sohibasi (2014, 2019), 2022 yildgi Xanchjouda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlari vitse-chempioni boʻlgandi.
Bu haqida Oʻzbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar