Bokschi qizlarimiz Osiyoda tengsiz!
Indoneziyaning Jakarta shahrida davom etayotgan U19, U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionatining hal qiluvchi janglariga ham start berildi. Bugun qizlar o‘rtasida final janglari bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi har ikki yosh toifasida qizlarimiz, 10 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi.
Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing!
U23
Oltin medal:
-51 kg. Gulsevar Ganieva
-57 kg. Humorabonu Mamajonova
-60 kg. Mushtariybanu Ibrohimjonova
-65 kg. Sevinch Khurramova
-80 kg. Rukhshona Parpieva
+80 kg. Sobirahon Shahobiddinova
Kumush medal:
-70 kg. Rayhona Qurbonboeva
Bronza medal:
-54 kg. Uzukjamol Yunusova
-75 kg. Oysha Toirova
U19
Oltin medal:
-54 kg: Sabrina Chakomanova
-60 kg: Sevara Mamatovada
-65 kg: Rushanabonu Isoeva
-75 kg: Samira Turgunova
Kumush medal:
-51 kg: Nazokat Mardonova
-70 kg: Maftuna Yangieva
Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar