Bokschilarimiz bugun chorak final doirasida ringga chiqishadi
Ozarbayjon poytaxtida boks bo‘yicha “Buyuk ipak yo‘li” nomli xalqaro musobaqa davom etmoqda. Musobaqaning ikkinchi doirasida 3 nafar bokschimiz g‘alaba qozongan edi.
Bugun chorak final bahslariga start berilib, vakillarimizdan Jasurbek Latipov, Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg), Aliyor Noraliev (-64 kg), Xurshid Abdullaev, Dilshodbek Ro‘zmetov (-81 kg), Madiyar Saydrahimov, Sardor Yormuhammedov (-91 kg), Obidjon Toxirov (+91 kg) yarim final yo‘llanmasi uchun ringga chiqishadi.

Fikrlar