Bokschilarimiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdilar
Yaxshi bilasiz, yuzaga kelgan karantin sabab yurtimizda sport musobaqalari, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari to‘xtab qolgandi. Avvalgi xabarlarimizda bokschilarimizning Yangioboddagi o‘quv bazasida mashg‘ulot olib borishayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Bu xabar haqida federatsiya matbuot xizmati ham rasmiy ma’lum qildi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, uzoq tanaffusdan so‘ng nihoyat 28 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari Toshkent viloyati, Yangiobod shaharchasida joylashgan "Jemchujina Chatkala" dam olish maskanida o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. Ushbu mashg‘ulotlar 12 iyul sanasiga qadar davom etadi.
Mazkur yig‘inga Murodjon Ahmadaliev, Bahodir Jalolov, Isroil Madrimov, Hasanboy Do‘smatov kabi taniqli bokschilarimiz qatori ikkinchi va uchinchi tarkib vakillari ham jalb qilingan. Xabaringiz bor, Bektemir Meliqo‘ziev AQShda professional boksdagi navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Fikrlar