Bokschilarimiz “Osiyo bolalari” kompleks musobaqasida ishtirok etadi

  • 25 iyun, 2024, 15:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
CHERY AUTO

25 iyundan 7 iyulgacha Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasi Yakutsk shahrida an’anaviy “Osiyo bolalari” kompleks musobaqasi bo‘lib o‘tadi. O‘z tarixida sakkizinchi bor tashkil etilayotgan ushbu musobaqada bokschilarimiz ham medallar uchun bahs olib boradilar. Ular bugun tongda Rossiyaga jo‘nab ketishdi.

Tecno

Musobaqaga yo‘l olgan bokschilarimiz bilan tanishing:

-46 kg: Hikmatilla Sobirov
-48 kg: Elyor Rustamov
-50 kg: Muhammadrizo Ukimov
-52 kg: Abdurahmonjon Sattorov
-54 kg: Ibrohim Shokirjonov
-57 kg: Jahongir Zaynidinov
-60 kg: Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jaev
-63 kg: Suhrob Rahmattullaev
-66 kg: Jasurbek Usmonjonov
-70 kg: Diyorbek Murodilloev
-75 kg: Asilbek Abdusamadov
-80 kg: Jahongir Ergashev

-46 kg: Maftuna Musurmonova
-50 kg: Robiya Ravshanova
-52 kg: Nilufar Xamdamova
-54 kg: Farzuna Ro‘zieva
-57 kg: Bahora Esonova

Murabbiylar: Xulio Li Echavarria, Sirojiddin Naimov, Baxtiyorjon Turaboev, A’zim Xudayqulov, Akmalbek Qosimov.

Ushbu musobaqada hamyurtimiz Ma’ruf Urdushev hakam sifatida faoliyat olib boradi.

                                                                                                                                                                                                                                                                                 O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!