Baku: Sakkiz bokschimiz finalga yo‘l oldi
Ozarbayjonning Baku shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida an’anaviy "Geydar Alievning 96 yilligi"ga bag‘ishlangan xalqaro musobaqada 8 nafar bokschimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Humoyunmirzo Abdurasulov, Hojiakbar Mahmudov, Farrux To‘laganov, Jamoliddiin Xoliqov, Lazizbek To‘lqinov, Dalerjon Bozorov, Jahongir Narziev, Abdulaziz Abdurahmonov kabi yosh bokschilarimiz o‘z vazn toifalarida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
O‘smirlar terma jamoamiz tarkibidan joy olgan Boburbek Bobojonov va Jasurbek Mubinov turnirning bronza medali bilan taqdirlandi.

Fikrlar