
Boku turnirida 4 nafar bokschimiz yarim finalga yo‘l oldi
Ayni kunlarda Ozarbayjonning Boku shahrida boks bo‘yicha xalqaro musobaqa davom etmoqda. Bugun turnirning chorak final doirasidan o‘rin olgan bellashuvlar yakunlanadi, deya xabar bermoqda MOQ.
Kecha ringga chiqqan bokschilarimizdan 4 nafari (Jasurbek Latipov, Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg), Xurshid Abdullaev (-81 kg) va Obidjon Toxirov (+91 kg)) yarim final yo‘llanmasiga ega chiqishdi. Bugun bo‘lib o‘tadigan dasturda chorak finalning barcha bahslari yakunlanadi. Ushbu kun doirasida ham bir qator bokschilarimiz yarim final yo‘llanmasi uchun bahs olib borishadi. Bugun quyidagi vakillarimiz chorak finalda jang qilishadi: Foziljon Abdurahimov va Hasanboy Do‘smatov (-52 kg), Shukurjon Rahimov (-60 kg), Iqboljon Xoldorov (-69 kg), Madiyar Saydrahimov, Sardor Yormuhammedov (-91 kg).
Fikrlar