Bo‘lajak raqibimiz Turkiya terma jamoasi bugun Gretsiyaga qarshi o‘ynaydi
Xabaringiz bor butun dunyoda FIFA kunlari boshlanmoqda. Bugun bizning bo‘lajak raqibimiz hisoblangan Turkiya terma jamoasi Antaliyada Gretsiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Turkiya va Gretsiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, turkiyalik futbolchilar o‘zlarining navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini aynan O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi. Bu o‘yin esa 2 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Turkiya terma jamoasi ayni damda FIFA reytingida 1457 ochko bilan 39-o‘rinni egallab turibdi. Hisobida 1279 ochko bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi esa ushbu reytingda 85-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar