"Bornmut" tarixida ilk bor yevrokuboklarda ishtirok etadi
“Bornmut” kelasi mavsumda oʻz tarixida birinchi marta evrokuboklarda ishtirok etadi.
Andoni Iraola shogirdlari APL 37-turida “Manchester Siti” bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi.
Ushbu natijadan keyin “Bornmut” 56 ochko bilan turnir jadvalida 6-oʻrinni egalab turibdi va evrokubok yoʻllanmasini rasmiy kafolatladi.
Shu tariqa, 127 yillik tarixga ega klub ilk bor Yevropa musobaqalarida qatnashadi.
“Bornmut” mavsumdagi soʻnggi uchrashuvini 24 may kuni mehmonda “Nottingem Forest”ga qarshi oʻtkazadi.

Fikrlar