
"Borusiya" Dortmund jahon chempioniga javob berib yubordi
"Borussiya" Dortmund sport direktori Mixael Tsork yarim himoyachi Mario Gyottse jamoani tark etishini aytib o‘tdi.
"Gyottse bilan hamkorligimiz yozda yakuniga etadi. Bu to‘g‘ri bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng qabul qilingan qo‘shma qarordir. Mario juda yaxshi yigit", - deya Tsorkning fikrlarini keltirib o‘tdi "Sky Sport Deutschland".
Oldinroq, yarim himoyachi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkinligi, unga "Milan", "Latsio" va "Roma" qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ushbu mavsumda Gyottse Bundesligaja 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar