"Borussiya D" EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa ham Xoland jamoada qoladimi?

  • 07.02.2021 15:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Borussiya" Dortmund klubining Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan taqdirda qanday yo‘l tutishi bo‘yicha reja ishlab chiqdi.

Agar Dortmund klubi mavsum yakunida EChL yo‘llanmasiga ega chiqmasa, asosiy tarkibning qator futbolchilarini sotishga majbur bo‘ladi. Gap Jeydon Sancho, Rafael Gerreyro, Yulian Brandt va Jovanni Reyna haqida ketmoqda.

Sport1 muxbiri Patrik Bergerning ma’lum qilishicha, omadsizlik yuz bergan taqdirda ham, “Borussiya” rahbariyati jamoa to‘purari hisoblangan Erling Xolandni tarkibda saqlab qolmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “Borussiya” Dortmund ortda qolgan 20 turdan so‘ng, 32 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!