
“Borussiya D” Marko Roys bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Dortmundning “Borussiya” jamoasi yarim himoyachi Marko Roys bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda Bild nashri ma’lum qilmoqda.
O‘tgan haftada tomonlar kelishuv muddatini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi. Biroq Roys kelajagi borasida aniq qarorga ega emas.
Germaniyalik futbolchining dortmundliklar bilan amaldagi kelishuvi 2019 yilda yakuniga etaji. 28 yoshli yarim himoyachi uning bo‘lajak shartnomasi muhim ekanini tushunib turibdi.
Fikrlar