"Borussiya D" o‘z maydonida mag‘lub bo‘lishiga sal qoldi (video)

  • 3 fevral, 2021, 09:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya kubogining 1/8 final bosqichi doirasida “Borussiya” Dortmund o‘z maydonida “Paderborn” klubini qabul qildi.

“Signal Iduna Park” o‘yingohida kechgan bellashuvning asosiy bo‘limlari 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi va g‘olib qo‘shimcha bo‘limlarda aniqlandi. Unda mezbonlarning qo‘li baland keldi. Shu kuni, “Borussiya” Dortmund safida Emre Jan (6'), Jeydon Sancho (16') va Erling Xoland (95') o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, “Paderborn”ning ikki goliga Yulian Yustvan (79') hamda Prins Osei Ovusu (90') mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!