"Borussiya D" o‘z uyida "Augsburg" darvozasini 5 marta ishg‘ol qildi (video)

Germaniya Bundesligasining 32-turida “Borussiya D” o‘z maydonida “Augsburg”ni qabul qildi.

Dortmunddagi “Signal Iduna Park”da kechgan bahs mezbonlarning mutlaq ustunligida kechdi. Yakunda “Borussiya” 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu kuni "Borussiya" safida gollarni Yussufa Mukoko (4, 29), Doniel Malen (20), Marko Roys (34) hamda Feliks Kalu Nmecha (64) kiritdi. "Augsburg"ning yagona javob goliga Ruben Vargas (32) mualliflik qildi.

Dortmund klubi ushbu uchrashuvdan so‘ng o‘z hisobidagi ochkolar sonini 60 taga etkazib oldi va 4-o‘rinda borayotgan “RB Leyptsig”ga (63) yaqinlashdi. “Augsburg” esa 39 ochko bilan 9-o‘rinni egallab turibdi.

“Borussiya D” Bundesliga doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 11 may kuni safarda “Maynts”ga qarshi o‘tkazsa, “Augsburg” 10 may kuni “Shtutgart”ni qabul qiladi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!