
"Borussiya D" sobiq himoyachisi yana Bundesligaga qaytdi
O‘tgan mavsumni Frantsiyaning "Sent-Eten" klubida o‘tkazgan serbiyalik himoyachi Neven Subotich yana Bundesligaga qaytdi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 30 yoshli futbolchi Bundesligaga qaytgan "Union Berlin" bilan 2 yillik shartnoma imzolagan.
Ta’kidlash kerakki, Subotich uchun Bundesliga begona emas. U "Maynts" (2007-2008) va "Borussiya" Dortmund (2008-2017) klublarida to‘p surgan.
Fikrlar