"Borussiya Dortmund" angliyalik vingerdan tezroq qutulmoqchi

  • 20 may, 17:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya Dortmund" futbolchisi Jeymi Gittens yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin. Klub moliyaviy bosimni kamaytirish va maoshlarni qisqartirishni rejalashtirmoqda. 20 yoshli ingliz qanot hujumchisiga Angliyaning "Arsenal" va "Chelsi" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"Goal" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, "arilar" dastlab Gittens uchun 100 million evro atrofida narx belgilagan edi. Biroq, klubning Bundesligadagi past natijalari va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmaslik xavfi sababli, narx 50–70 million evrogacha tushirilgan edi.

"Chelsi" Gittensni o‘z safiga qo‘shish uchun muzokaralarni boshlagan va uning yillik maoshini 3 milliondan 6–7 million evrogacha oshirishni aytib o‘tgan. "To‘pchilar" ham futbolchini tarkibda ko‘rishni istamoqda va bu borada "aristokratlar" bilan raqobatlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gittens "Dortmund"da 2020 yildan beri to‘p tepmoqda.  Joriy mavsumda u 48 o‘yinda maydonga tushib 12 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.

Odilov Mirjalol

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!