"Borussiya Dortmund" Bellingem uchun bonus oladi

  • 13 sentabr, 2024, 18:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning “Borussiya” klubi “Real”dan Jud Bellingem uchun bonus oladi. Angliyalik yarim himoyachi o‘tgan yozda Madrid klubiga belgilangan 103 million evro evaziga o‘tgan edi. Shuningdek, shartnomada 31 million evrogacha bonuslar to‘lanishi ko‘zda tutilgan. Xabar qilinishicha, barcha transfer to‘lovlari 6 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi.

Bild nashrining xabariga ko‘ra, bonuslarning bir qismi o‘tgan mavsumda "Real Madrid" Chempionlar ligasi va La Ligada g‘olib chiqqanidan keyin faollashtirilgan. Buning uchun Dortmund klubi taxminan 10 million evro oladi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘tgan mavsum La Liganin 28 ta o‘yinida qatnashib, 19 gol va 6 golli uzatmani amalga oshirgan edi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!