
"Borussiya" Dortmund o‘z maydonida "Leyptsig" tomonidan tor-mor etildi
Bundesliga 28-turidan o‘rin olgan "Borussiya" Dortmund - "Leyptsig" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari 1:4 hisobida raqibga imkoniyatni boy berdi.
Mehmonlar tarkibida Laymer dubl qayd etdi. Shuningdek, Nkunku hamda Olmo ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Asalarilar"ning yagona goli Malen tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, "Leyptsig" hisobidagi ochkolari sonini 48 taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular Germaniya chempionati turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. 57 ochkosi o‘zgarmay qolgan dortmundliklar 2-o‘rinni band etgan.
Fikrlar