
"Borussiya" futbolchisi mavsum yakunida erkin agentga aylanadi
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mario Gyottse "Borussiya" bilan shartnomasini uzaytirmaydi. Tomonlar yangi kelishuv masalasida bir qarorga kelisha olmadi.
Shunday qilib, 27 yoshli xavbek mavsum yakunlanganidan so‘ng klubni erkin agent maqomida tark etadi.
Nemis klubi Mario uchun yiliga etti million evrolik shartnoma taklif etdi. Biroq futbolchi ayni vaqtda olayotgan 10 million evrolik maoshini pasayishini xohlamayapti.
Oldinroq, Gyottseni "Gerta" o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi xabar qilingan edi.
Fikrlar