"Borussiya M" frantsuz klubidan hujumchi sotib oldi

  • 22 yanvar, 2021, 12:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” o‘zining rasmiy saytida “Tuluza” yarim himoyachisi Kuadio Konening transferini e’lon qildi.

Tecno

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, 19 yoshli frantsiyalik futbolchi mavsum oxirigacha “Tuluza”da qoladi va “Borussiya”ga yozda ko‘chib o‘tadi. Kone nemis klubi bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzoladi. Ammo myunxengladbaxliklar ushbu kelishuvni avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirish huquqiga ega.

Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, Kuadio Konening ayni damdagi narxi 9 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!