"Boshida hammasi g‘alati edi"

  • 21 noyabr, 2020, 11:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumda ko‘p xatoga yo‘l qo‘ygan ispaniyalik darvozabon David de Xea “Manchester Yunayted”ni tark etishi haqida gap-so‘z tarqalib ketgan edi. Bu jarayon hamon davom etmoqda. Mashhur golkiper bu masalaga oydinlik kiritdi.

Tecno

- Manchesterda o‘zimni xuddi o‘z uyimdagidek his qilaman. Bu juda yoqimli tuyg‘u. Men boshqa til va madaniyatga ega bo‘lgan katta klubga kelganman. Boshida hamma narsa g‘alati tuyulardi. Vaqt o‘tgan sari men o‘yinchi sifatida o‘sib bordim.

Ko‘p tanqid qilishyapti. Men o‘z xatolarim ustida o‘rganyapman. Hayotda yaxshi-yomon kunlar ham bo‘ladi. Hozir hammasi joyida. Oldinda meni ajoyib yillar kutayotganiga ishonaman. Katta klublarda yuqori saviyada uzoq yillar o‘ynashning o‘zi bo‘lmaydi. Men bundan faxrlanaman, - dedi David de Xea.

Ispaniyalik darvozabon shu paytga qadar “Manchester Yunayted” tarkibida 414 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

“Real” transfer bozorini egallab olmoqchi

“Liverpul” taklifi javobsiz qoldi

Ramos uchta superklubdan taklif oldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!