
Boshkovich: "Neftchi" darvozamiz oldida deyarli vaziyatlar yaratmadi"
Superliga 1-turida "So‘g‘diyona" "Neftchi"ni o‘z maydonida qabul qilib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich o‘z fikrlari bilan o‘rtqolashdi.
"Bugun boshqacharoq natija kutgandik. Albatta, mag‘lubiyatga uchrash yoqimsiz. O‘yin ancha qiziqarli kechdi. Raqib kuchliroq edi. Uyda o‘ynaganda bunday gollar o‘tkazish yaxshi emas. Raqibga imkoniyat berdik va ular bundan foydalanishdi. "Neftchi" darvozamiz oldida deyarli vaziyatlar yaratmadi, ammo minimal imkoniyatlarini golga aylantira olishdi.
Xatolarni tahlil qilamiz va keyingi bahslarda bunday xatolar qilmaslikka intilamiz. Hali mavsum endi boshlandi. Kimning imkoniyati qanday ekanligini baholashga erta", - dedi Boshkovich.
Eslatib o‘tamiz, "So‘g‘diyona"ni 2-turda "Metallurg"ga qarshi bahs kutib turibdi.
Fikrlar