Boshlanishi chakki emas! “Siti”ning yangi yulduzi tarixiy natija qayd etdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya kubogi 1/32 finali doirasida “Ekseter Siti” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda maydonga yangi o‘yinchi Antuan Semenyoni ham tushirdi.
25 yoshli ganalik hujumkor futbolchi “shaharliklar” safidagi birinchi uchrashuvdayoq bitta dan gol va assist muallifi bo‘ldi.
OptaJoe ma’lumotlariga ko‘ra, Semenyo 2011 yildan beri “Manchester Siti” safida debut o‘yinida ham gol urib, ham golli uzatma bergan ilk futbolchiga aylandi. O‘shanda bunday natijaga argentinalik hujumchi Serxio Aguero erishgan edi.
Semenyo Xosep Gvardiola jamoasiga “Bornmut”dan 75 million yevro (65 million funt) evaziga o‘tdi. Joriy mavsumda Angliya Premier-Ligasida Antuan 20 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta assist qildi.
Fikrlar