Botir Qoraev: Pastki o‘rinlardagi jamoalarga qarshi o‘yinimiz chiqmayotgan edi

  • 27 avgust, 2020, 09:13
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Coca Cola Superligasi 12-turida Muborakning "Mash’al" jamoasi "Buxoro"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng "gazchilar" ustozi Botir Qoraev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan edik. "Buxoro" jamoasi so‘nggi o‘rinda ketayotgani bois, futbolchilar bor kuchlari bilan harakat qilishini bilar edik va bunga tayyorgarlik ko‘rgan edik. Uchrashuvning dastlabki 15-20 daqiqasi biz uchun qiyin o‘tdi. Ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadik.

Turnir jadvalida bizdan pastki o‘rinlarda turgan jamoalarga qarshi o‘yinimiz chiqmayotgan edi. "Buxoro" himoyaga "yotib oldi". 25-daqiqadan so‘ng jamoamiz o‘ziga kelib, ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirdik", — dedi Qoraev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!