
Braim Dias APL grandiga ko‘chib o‘tishi mumkin!
"Real" hujumchisi Braim Dias faoliyatini Angliya Premer-ligasining top-klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetaning shaxsan o‘zi Dias bilan shartnoma imzolashga harakat qilmoqda. Futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali braziliyalikning qiymatini 45 million evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Dias 28 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar