Braziliya tomonlarda yangi vunderkind paydo bo‘ldi
Marca nashrining xabar berishicha, La Liga grandlaridan “Real” va “Barselona” braziliyalik 17 yoshli hujumchi Vitor Rokeni o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda.
Mutaxassislar tomonidan kelajagi porloq, deya baholanayotgan Roke ayni paytda “Atletiko Paranaense” jamoasi sharafini himoya qilyapti.
Yosh futbolchi o‘tgan mavsumda 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va to‘rtta assist yozdirib qo‘ydi.
Braziliya klubi yaxshigina mablag‘ taklif qilinadigan bo‘lsa, vunderkindni Evropaga jo‘natishga qarshilik qilmaydi.

Fikrlar