Braziliyalik futbolchi ayol Klozening rekordini yangiladi
Braziliya ayollar terma jamoasi forvardi Marta Frantsiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida gol urishga erishdi va o‘zining mundiallardagi gollari sonini 17taga etkazib oldi.
Ta’kidlash kerakki, 33 yoshli Marta shu tariqa futbol bo‘yicha jahon chempionatlarida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylanib oldi. Bungacha esa ushbu rekord Germaniya erkaklar terma jamoasi forvardi Miroslav Klozega (16) tegishli edi.



Fikrlar