Braziliyalik futbolchilar endi Angliyaga kirolmaydi

  • 15.01.2021 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Buyuk Britaniya hukumati Janubiy Amerika va Portugaliyadan kelganlarni mamlakat hududiga kirishini taqiqladi.

Bunga Braziliyada konoravirusning yangi shtammi aniqlangani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Portugaliyaning bu ro‘yxatga kiritilishi bu davlatning Braziliya bilan kuchli turistik aloqalarga ega ekani bilan izohlanmoqda.

Hukumatning bu qarori futboldagi transferlarga ham ta’sir qiladi. Chunki Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqidan chiqqanidan keyin ishlashga ruxsat berish talablari soddalashtirilgan va buning samarasida Angliya klublari Braziliya futbolchilarini jalb qilish imkoniyatidan keng foydalanayotgan edi. Bundan tashqari, Portugaliya ham ingliz jamoalarini iqtidorli o‘yinchilar bilan ta’minlaydigan o‘ziga xos fabrika hisoblanadi.

Mazkur taqiq qachongacha davom etishi ko‘rsatilmagani bois, Britaniya klublari qishki transferlar mavsumida janubiy amerikalik va portugaliyalik futbolchilarni o‘z safiga qo‘sholmasligining ehtimoli katta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!