Breaking! Messini jahon chempionatidan so‘ng Olimpiadaga ham jalb qilishyapti

  • 13 fevral, 2024, 12:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" klubi futbolchisi Lionel Messi bu yil Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi mumkin. Argentina U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi bu haqda gapirib o‘tdi. 

Tecno

"Barcha mening Leo bilan qanday munosabatda ekanimni yaxshi biladi. U kabi futbolchi uchun olimpiya termamiz eshigi doimo ochiq. Hammasi uning o‘ziga bog‘liq, qarorni Messining o‘zi qabul qiladi va biz uni hurmat qilamiz", - dedi argentinalik sobiq futbolchi va hozirda Argentina termasiga bosh murabbiylik qilayotgan Maskerano. 

Eslatib o‘tamiz, Olimpiada o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!