BREAKING! Turkiyaning amaldagi chempioni bo‘lgan "Galatasaroy" Abduvohid Ne’matovni nishonga oldi!

  • 2 iyul, 2023, 21:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning amaldagi chempioni "Galatasaroy" klubi Fernando Muslera o‘rniga darvozabon qidirishni boshlab yuborgan. "Fotospor" nashrining xabar berishicha, klub "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Ne’matovga qiziqish bildirmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, turk jamoasi hali hech qanday rasmiy taklif bilan chiqmagan. Ammo ular hamyurtimizni kuzatib borayotgani aytilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Ne’matov joriy mavsum Superliganing 10 ta o‘yinida o‘z darvozasidan 10 ta to‘p olib chiqdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!