Brendan Rojers: Mag‘lubiyatga loyiq emas edik
"Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers APL 8 tur "Liverpul"ga qarshi (1:2) o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz bundan ko‘piga munosib edik. O‘yinning ohirida mag‘lub bo‘lish alamli bo‘ldi. Biz chempionlar ligasi g‘olibiga qarshi to‘p surdik va ularga ko‘p gol kiritishni uddalay oladigandek ko‘rindik.
Bizga doimiy bosim uyushtirishdi, biroq bu bizga to‘pni nazorat qilishda halaqit bermadi.
Penalti? Vaziyatni aniq ko‘ra olmadim. Mane esa bu imkoniyatdan to‘la foydalandi," - deydi Rojers.

Fikrlar