
Brendon Gibson: "Tom Aspinal Jon Jonsga munosib raqib emas"
Og‘ir vaznda amaldagi UFC chempioni Jon Jonsning murabbiyi Brendon Gibson angliyalik Tom Aspinal haqida gapirdi.
"Jon og‘ir vazn toifasida ajoyib janglar o‘tkazgan. U bilan to‘qnashuv Aspinalga foyda keltirishi mumkin. Biroq, Tomning o‘zi biz uchun hech qanday naf keltirmaydi. U besh raundlik bahsda o‘zini qanday his qilishi ham noma’lum. Shu bois raqibga hurmatni saqlagan holda aytaman, Aspinal Jon Jonsga munosib raqib emas”, — deya Gibsonning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow" portali.
Eslatiyu o‘tamiz, Jons "UFC 309" turnirida Stipe Miochichni nokautga uchratdi.
Fikrlar