BRICS o‘yinlari. Delegatsiyamiz hisobidagi medallar 38 taga etdi!

  • 20 iyun, 2024, 09:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahri mezbonlik qilayotgan VI BRIKS xalqaro o‘yinlarining ettinchi kuni O‘zbekiston delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Kun davomida atletlarimiz 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishga erishishdi. G‘olib va sovrindorlar:

Tecno

Oltin medal:
Artur Guliev (kanoe, 200 metr)

Kumush medal:
Nigina Sobirova (ayollar kurashi, -62 kg)

Bronza medal:
Dilfuza Aimbetova (ayollar kurashi, -59 kg)
Dinora Rustamova (ayollar kurashi, -65 kg)
Svetlana Oqnazarova (ayollar kurashi, -72 kg)

Ettinchi kundan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi 4 ta oltin, 13 ta kumush va 21 ta bronza medallari bilan Rossiya, Belarus va Xitoy jamoalaridan so‘ng umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!