
BRICS o‘yinlari. Sakkizinchi kungi bahslardan so‘ng medallarimiz soni 49 taga etdi!
Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan VI BRICS xalqaro o‘yinlarining yana bir kuni ortda qoldi. Kecha O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari 1 ta kumush va 10 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Kumush medal
Mehroj Bahromov (yunon-rum kurashi, -60 kg)
Bronza medal
Feruza Kazakova (boks, -52 kg)
Sitora Turdibekova (boks, -57 kg)
Dilfuza Bekova (boks, -63 kg)
Oltinoy Sotimboeva (boks, -81 kg)
Marjona Malikova, Umida Omonova, Abdumalik Abdusalomov, Saidakbar Saydalev (shaxmat, jamoaviy rapid)
Musa Aymuratov (qilichbozlik, sablya)
Muhammadyusuf Asranov (qilichbozlik, rapira)
Husniddin Olimboev (yunon-rum kurashi, -63 kg)
Nozimjon Boyqo‘ziev (yunon-rum kurashi, -67 kg)
Jamol Jumaboev (yunon-rum kurashi, -72 kg)
Sakkizinchi kundan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi 4 ta oltin, 14 ta kumush va 31 ta bronza medallari bilan Rossiya, Belarus, Xitoydan so‘ng to‘rtinchi o‘rinda ketmoqda.
Fikrlar