BRIKS o‘yinlari. Delegatsiyamiz umumjamoa hisobida 4-o‘rinda bormoqda!

  • 15 iyun, 2024, 19:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Rossiyaning Qozon shahrida VI BRIKS o‘yinlarining ikkinchi kuni ortda qoldi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi sportchilari 1 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:

Oltin medal:
Mehriddin To‘raxonov (karate, -60 kg)

Kumush medal:
Vyacheslav Rudnev / Anna Vashchenko (sinxron suzish, mikst)
Gulshan Alimardonova (karate, -50 kg)
Erkin Qozoqov (sambo, -98 kg)
Nurbek To‘raev (sambo, +98 kg)
Darya Latisheva (ushu, taolu)

Bronza medal:
Jasmina Mahmudova (sport gimnastikasi, tayanib sakrash)
Muhammadabdulaziz Xo‘jaqulov (karate, -67 kg)
Doston Otabolaev (karate, -75 kg)
Feruza Xo‘rozova (sambo, +80 kg)
Muxlisa Turdieva (sambo, -72 kg)
Muxlisaxon Qodiberganova (sambo, -65 kg)

Ikki kunlik bahslardan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi 2 ta oltin, 6 ta kumush va 10 ta bronza, jami 18 ta medal jamg‘argan holda umumjamoa hisobida Rossiya, Belarus va Xitoy davlatlaridan so‘ng to‘rtinchi o‘rinda ketmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!