Bruno Garnachoning goliga reaktsiya bildirdi
Bruno Fernandesh Alexandro Garnachoning goliga o‘z reaktsiyasini bildirdi.
"Manchester Yunayted" vingeri APL 13-turi doirasidagi "Everton"ga qarshi bellashuvda chalqancha uslubda gol urdi.
"Ajoyib gol. U Ronalduning videolarini tez-tez ko‘rsa kerak. Uning ashaddiy muxlis ekanligini hammamiz bilamiz.
U Ronalduga o‘xshashi uchun hali ko‘p yo‘l bosib o‘tishi lozim. Shunday bo‘lsa-da, qadamlar tashlanmoqda", - dedi MYu yarim himoyachisi.
Fikrlar