Brunu Fernandesh MYudagi kelajagiga oydinlik kiritdi

  • 22 may, 14:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi tomonidan unga bildirilgan qiziqish fonida kelajagi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Men "Manchester Yunayted"da qolaman, to klub menga ketish vaqti kelganini aytmaguncha. Klubda yana go‘zal kunlar boshlanishi uchun bor kuchimni beraman.

Futbolda nima bo‘lishini hech qachon bilmaysan. Agar klub shunday qaror qilsa – ya’ni, mendan pul ishlab olish vaqti keldi, desa – demak, shunday bo‘lishi kerak. Futbolda bunday holatlar sodir bo‘lib turadi" – deya ta’rif berib o‘tdi manchesterliklar etakchisi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi joriy mavsum 2019/2020 yilgi mavsumning qishki transferlar oynasida MYu safiga kelib qo‘shilgan edi. 30 yoshli xavbek klub safida umumiy 289 ta uchrashuvda maydonga tushib, 98 ta gol va 86 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi esa 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!