
Bu daxshat! "Lion" barcha futbolchilarini sotuvga qo‘ydi
Frantsiyaning "Lion" klubi deyarli barcha futbolchilarini transferga qo‘ydi.
Frantsuz klublarining moliyaviy holatini nazorat qiluvchi agentlikning ma’lum qilishicha, jamoa yozgi transferlar oynasi oxiriga qadar o‘yinchilarning sotuvidan kamida 100 million evro ishlab olishi kerak. Hozirga kelib, jamoa g‘aznasida bor-yog‘i 24 million earo bor xolos.
Agar "Lion" belgilangan muddat ichida bu summani yig‘a olmasa, ular ochkolardan mahrum etilishi, hattoki, quyi divizionga tushirib yuborilishi mumkin.
Fikrlar