Bu futbolchi kelsa, Husanovning jamoasi endi yutqazmaydi

  • 22 fevral, 16:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” kelasi mavsum oldidan jamoa tarkibini yangilashni maqsad qilgan. Mavsumning birinchi yarmidagi inqirozdan keyin klub rahbariyati yoshi o‘tib qolayotgan futbolchilarning javobini berib, ularning o‘rnini yosh iste’dod egalari bilan to‘ldirishni boshladi.

Tecno

Xususan, yanvarda Abduqodir Husanov, Umar Marmush, Vitor Reys va Niko Gonsales transferlari ana shu maqsadda amalga oshirildi.

Klubni tark etishi kutilayotgan yulduzlardan biri Kevin de Bryuyne hisoblanadi. Belgiyalik pleymeykerning o‘yinidagi pasayish, jarohatlarga moyil bo‘lib qolgani, tiklanish jarayoni sekin kechayotgani murabbiylar shtabini qoniqtirmayapti.

“Shaharliklar” 30 iyun kuni shartnomasi tugaydigan Kevin de Bryuynega munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Bir necha futbolchilarning nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.

Biroq Daily Mail nashri bu pozitsiyaga eng zo‘r nomzod “Bayer” hujumkor futbolchisi Florian Virts ekanini ta’kidlamoqda. Manchesterliklar nemis futbolchisi o‘zining o‘yin sifati va xususiyatlari bilan Kevin de Bryuynening o‘rnini to‘liq bosishga tayyorligiga ishonyapti.

“Shaharliklar” 21 yoshli Virts 85 million funtga baholamoqda. “Manchester Siti” bu pleymeykerni olish uchun “Bavariya”, “Barselona”  va “Real” kabi grandlar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, “Bayer” ham o‘z etakchisi bilan shartnomani uzaytirishga urinmoqda.

Florian Virts joriy mavsumda 35 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 15 ta gol urdi va jamoadoshlariga 11 ta golli pas uzatdi. Uning Leverkuzen klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan.

Transfermarkt portalida iste’dodli o‘yinchining transfer summasi 140 million evro qilib belgilangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
22/02/2025 18:46
Abbosni ham olinglar Husanov o‘ynay olgan joyda alabatta Fayzullayev ham o‘ynab ketar edi