Bu futbolchilar endi kerak emas!

  • 12 oktabr, 2021, 13:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionligi unvonini himoya qilayotgan “Inter” asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan uch nafar futbolchi bilan xayralashadigan bo‘ldi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbariyati uch himoyachi - Danilo D’Ambrozio, Aleksandar Kolarov va Andrea Ranokkyaga yangi bitim taklif etmaydi.

Bu futbolchilarning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Ular erkin agent sifatida boshqa jamoalarga o‘tib ketishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, klub bilan shartnomasi yakunlanishiga yarim yil qolgan har bir futbolchi boshqa klublar bilan muzokara boshlash huquqiga ega.

Shu bois, “Inter”dan yangi taklif olmaydigan bu o‘yinchilar yanvardan o‘ziga yangi ish joyi qidiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!