Bu futbolchini “Barsa”da qoldirmaymiz

  • 12 mart, 12:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” hujumkor futbolchisi Rafinya joriy mavsumda kataloniyaliklarning eng xavfli futbolchisi aylandi.

Yulduzli onlarini o‘tkazayotgan braziliyalik charm to‘p ustasining xaridorlari ko‘payib bormoqda.

Caught Offside nashrining ma’lum qilishicha, Angliya Premer-ligasining uch grandi –“Liverpul”, “Arsenal” va “Manchester Yunayted” 28 yoshli hujumchi atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.

Bu jamoalar qulay vaziyat bo‘lishi bilan Rafinyani “Barselona”dan olib ketmoqchi.

Xususan, “kanonirlar” ustasi Mikel Arteta Rafinyaning muxlisi ekani aytilmoqda. Biroq londonlik o‘yinchi uchun raqobatda moliyaviy jihatdan “Manchester Yunayted” va “Liverpul” bilan raqobatlashishi qiyin. “Barselona” o‘yinchi bo‘yicha yaxshi taklif bo‘lsa, uning ketishiga qarshilik qilmaydi.

Rafin joriy mavsum barcha turnirlarda 40 ta uchrashuv o‘tkazib, 25 ta gol va 18 ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!