Bu gaplar Messi muxlislarining ko‘nglini ko‘tarishi aniq

  • 23 iyun, 2022, 01:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nasser Al-Xelayfi Lionel Messining PSJdagi ilk mavsumi borasida fikr bildirdi. 

"Ettita oltin to‘pni qo‘lga kiritgan insonni tanqid qilish to‘g‘ri emas. Messi tarixga kirib ulgurgan. Bu uning eng yaxshi mavsumi emas. Sababi, Leo 20 yil "Barselona"da to‘p tepdi va yangi klub, yangi liga va yangi madaniyatni o‘zi uchun kashf etdi. Shuningdek, uning oilasi ham. 

O‘tgan mavsum u koronavirusga ham chalingandi. Oson emas. Kelgusi mavsumda biz eng yaxshi Messini ko‘ramiz. 

Ushbu bitim ilk mavsumdayoq moliyaviy tomondan foydali bo‘ldi. Mbappe bilan ham xuddi shunday bo‘ladi", - dedi Xelayfi. 



Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!