
Bu Husanov uchun sensatsion transfer bo‘ladi!
Taniqli insayder Fabritsio Romano Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga jiddiy qiziqayotgani, Xosep Gvardiola bu o‘yinchi imkoniyatlaridan xabardor ekani haqida xabar tarqatgani ancha shov-shuv keltirib chiqirgan edi.
“Shaharliklar”ning yigirma yoshli markaziy himoyachini olish maqsadi borligini Buyuk Britaniyaning eng nufuzli manbalari ham tasdiqlay boshladi.
Xususan, nufuzli manba – Mirror nashri manchesterliklarning o‘zbekistonlik futbolchi bo‘yicha rejasi haqida yozdi.
- “Manchester Siti” markaziy himoyachi Abduqodir Husanovni transfer qilish bo‘yicha yakuniy qaror tasdiqlanganidan keyin “Lans”ning talablarini qondirishga tayyor.
Ma’lum bo‘lishicha, “Lans” o‘z o‘yinchisi uchun 20 million evro so‘ragan. Bu summa “Manchester Siti”ni qoniqtiradi.
“Shaharliklar” agar klub rahbariyati Abduqodir Husanov nomzodini tasdiqlasa, transfer bo‘yicha kelishuvga erishish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi, chunki “Lans” qishki transferlar davrida transferlardan pul ishlab olishi kerak, - deb yozmoqda Buyuk Britaniyaning Mirror nashri.
Ta’kidlash joizki, qishki transferlar davrida Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan jamoalar ko‘p.
“Manchester Siti”ning transferlarni amalga oshirga mas’ul bo‘lgan mutasaddilari klub rahbariyatining Husanov bo‘yicha yakuniy qarorini kutayotgan paytda, boshqa klublar “Lans”ga o‘zlarining asosli takliflarini yubora boshladi.
Husanov transferi bo‘yicha birinchi chorlov “Lids Yunayted”dan bo‘lgandi. Bu klub “Lans”ga 20 million evro va’da qilgan bo‘lsa-da, jamoa Angliya Chempionshipida o‘ynayotgani bois, bu taklif qabul qilinmadi.
Angliya Premer-ligasi vakili “Vulverxempton” o‘yinchini qo‘lga kiritish uchun “Lans” bilan kelishuv shartlaridan tashqari, Abduqodir Husanovga doimiy o‘yin amaliyoti berilishini kafolatlagani “bo‘rilar”ni himoyachi uchun kurashda favoritga aylantirdi.
Chunki 20 yoshli futbolchining o‘sishda davom etishi, yangi ligaga tezroq moslashishi, bir so‘z bilan aytganda, “sinib” qolmasligi uchun muntazam maydonda harakat qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
“Manchester Siti”, “Nyukasl”, “Chelsi” va “Tottenxem” singari qudratli va badavlat klublarning Abduqodir Husanov darajasidagi o‘yinchini transfer qilishi hech qanday qiyinchilik tug‘dirmasligi, futbolchi uchun grand klublarda to‘p tepish faxr uyg‘otishi mumkin, biroq bu jamoalar yangi ijrochilarga o‘yin vaqtini kafolatlamaydi.
Demak, Abduqodir Husanov va uning manfaatlarini himoya qilayotgan agentlari yangi jamoa tanlashda futbolchimizning o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish imkonyatini ham chamalab chiqishiga to‘g‘ri keladi.
20 yoshli himoyachimiz joriy mavsum barcha turnirlarda 16 marotaba maydonga tushib, bitta assist qayd etdi. “Lans” muxlislari ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnomada Abduqodir mavsumning birinchi qismidagi eng yaxshi futbolchi, deb e’tirof etildi.
“Lans”ga 2023 yili yozda qo‘shilgan va 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega legionerimiz Transfermarkt portalida 12 million evroga baholanmoqda va bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi.
“Bo‘rilar” Husanovga asosiy tarkibdan joy kafolatladi, boshqa da’vogarlar “qimirlab” qoldi!
Buni butun dunyo kutgandi! “Lans” ustozi Husanovga Gvardiola qiziqayotganiga qanday munosabat bildirdi?
Shomurodov uchun kurashga jiddiy klub qo‘shildi!
“Roma” Shomurodovni qaysi jamoaga beradi?
Fayzullaev: Yaqinlarimni Monakoga olib ketaman!
Fayzullaev: Mashg‘ulotlarga borgim kelmay qoldi, Xolandning ko‘zoynagidan ham oldim...
Fikrlar