
“Roma” Shomurodovni qaysi jamoaga beradi?
Italiyada qishki transfer bozori ochildi va 2 fevralga qadar davom etadi. A Seriya klublari bir oy davomida o‘z tarkiblarini tartibga solib olishga g‘arakat qiladi.
Jumladan, tajribali mutaxassis Klaudio Raneri boshqaruvidagi “Roma”da ham bir necha o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. “Bo‘rilar” safini tark etishi oydinlashib borayotgan o‘yinchilardan biri Eldor Shomurodov hisoblanadi.
Italiya futbolini yoritib kelayotgan manbalar, xususan, romaforever.it portali eksperti Luka Mugnayoli Rim klubining transfer siyosati va Eldor Shomurodov kelajagi bo‘yicha bo‘yicha qo‘yidagi ma’lumotlarni ma’lum qildi.
- Eldor Shomurodov avvaliga ijaraga o‘tib, mavsum yakunlanganidan keyin boshqa klubga to‘liq transfer qilinishi kutilmoqda. “Roma” esa, oldingi chiziqda Artyom Dovbik bilan raqobatlasha oladigan va zarur vaqtda u bilan birga o‘ynay oladigan markaziy hujumchi qidiryapti.
Hozircha, poytaxtliklar Eldor Shomurodov o‘rniga “Everton”dan Beto va “Napoli”dan Jakomo Raspodorini olib kelish bo‘yicha rejalarini amalga oshirishga bel bog‘lagan, - deb yozmoqda. romaforever.it portali eksperti Luka Mugnayoli.
Eldor Shomurodov darajasidagi hujumchi “Roma”ga kerak bo‘lmay qolganiga qaramay, uning xaridorlari safi kengayib bormoqda. So‘nggi ma’lumotlarda aylatilishicha, A Seriyaning to‘rt klubi 29 yoshli o‘zbek futbolchisini o‘z safiga chorlamoqda.
Sports.uz portali qishki transferlar oynasining dastlabki kunlaridan legionerimizni olishga harakat qilayotgan klublar haqida ma’lumot beradi.
“Kalyari”
Sardiniya klubi Eldor Shomurodovni o‘tgan yili jamoani yuqori ligada olib qolishga qo‘shgan hissasini inobatga olib, bu mavsum ham uni ortga qaytarmoqchi. Aslida “Kalyari” Shomurodovni yozda to‘liq transfer qilmoqchi bo‘lgandi. “Roma” so‘ragan narx ularga og‘irlik qildi.
Bu gal ham ligadagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan sardiniyaliklar oldingi chiziqda muammolarga duch kelmoqda va bu holatni o‘zbek futbolchisi yordamida hal qilishga urinib ko‘radi.
“Empoli”
Joriy chempionatda “Empoli” darvozasiga birinchi golni aynan Eldor Shomurodov urdi. Bu gol rimliklar uchun ham mavsumdagi ilk kiritilgan to‘p bo‘ldi. Gol o‘zbek hujumchisi uchun asosiy tarkibga yo‘l ochib bergani yo‘q.
Lekin “Empoli” Eldorga o‘yin amaliyoti berishga tayyor. Bu jamoa yozda “Roma”dan norvegiyalik hujumchi Ola Solbakkenni olgandi. Ular poytaxt klubi bilan ayna shu hamkorlikni davom ettirib bu gal Eldor Shomurodovni berishni so‘rayapti.
“Komo”
Yaqin o‘tmishning mashhur yulduzi Sesk Fabregas bosh murabbiylik qilayotgan “Komo” anchadan beri Shomurodovga qiziqish bildirib kelmoqda. Fabregas A Seriya debyutanti safiga Pepe Reyna, Alberto Dossena, Rafael Varan, Serxi Roberto, Niko Pas, Semone Verdi, Patrik Kutrone va “Roma”ning sobiq hujumchisi Andrea Belotti kabi nomdor yulduzlarni qo‘shib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Biroq jamoa hujum chizig‘idan o‘rin olgan o‘yinchilar orasida Kutronedan boshqasi ishonchni oqlay olmayapti. Fabregas chempionatning ikkinchi yarmiga tayyorgarlikni oldingi chiziqni kuchaytirishdan boshlamoqchi.
“Venetsiya”
Xaridorlar qatoriga qo‘shilgan “Venetsiya” yaqinda “Napoli”dan hujumchi Adessio Zerbinani oldi. Shunga qaramay, venetsiyaliklarga Eldor Shomurodov kerak. Bu jamoani o‘zbek legionerining oldingi chiziqda bir necha pozitsiyada o‘ynay olishi, qanotlardan ham hujum uyushtirish imkoniyati kengligi, bir so‘z bilan aytganda universalligi jidiy qiziqtirib qo‘ygan.
Ta’kidlash joizki, bu mavsum o‘rtasida Eldor Shomurodovning transfermarkt portalidagi narxi bir millionga arzonlab 4 million evroga tushdi.
“Roma” rahbariyati yanvar oyida biror o‘yinchini to‘liq sotib yuborish qiyinligini yaxshi biladi. Shuni inobatga olganda, poytaxtliklar Raneri rejasiga kiritilmagan futbolchilarni, xususan, Eldor Shomurodovni ham keyinchalik sotib olish huquqi yoki majburiyati bilan mavsum oxiriga qadar ijaraga berishga tayyor.
Shomurodov qaerda bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi! Eldorning 5 daqiqalik o‘yini qanday baholandi?
Fayzullaev: Yaqinlarimni Monakoga olib ketaman!
Fayzullaev: Mashg‘ulotlarga borgim kelmay qoldi, Xolandning ko‘zoynagidan ham oldim...
Fikrlar