
Bu jamoa Ronaldu va Messining eng katta “qurboni”
Statistika mutaxassislar jahon futbolining ikki yulduzi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan eng ko‘p aziyat chekkan jamoa nomini aniqladi.
Transfermarkt portali ekspertlarining hisob-kitobiga ko‘ra, “Sevilya” har ikki hujumchi uchun eng qulay raqib bo‘lib chiqdi.
Messi andalusiyaliklarga qarshi 43 marotaba maydonga tushib, ularning darvozabonlarini 38 marotaba dog‘da qoldirgan. Ronaldu “Sevilya”ga qarshi o‘tkazilgan 18 ta o‘yinda jami 27 ta to‘p kiritgan.
Agar har ikki yulduz Ispaniya chempionatidan ketmaganida bu ko‘rsatkichlar yanada oshishi mumkin edi.
Fikrlar