
Bu jamoa Ronalduni olmay, katta balodan qutilib qoldi
“Manchester Siti”ning sobiq futbolchisi Trevor Sinkler Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”ga salbiy ta’sir o‘tkazayotganini aytib, Xosep Gvardiola yozda portugaliyalik to‘purarni transferidan yuz o‘girgani to‘g‘ri bo‘lganini ta’kidladi.
- Hozir o‘ylab-o‘ylab, “Manchester Siti” yozda Krishtianu Ronalduni olmasdan, katta balodan qutilib qolganini tushinib etdim. “Manchester Yunayted”ning ahvoliga bir qarang, Ronaldu tufayli Jeydon Sancho, Markus Reshford va bir necha o‘yinchi muammolar girdobida qolib keldi.
O‘ylashimcha, Krishtianu jamoada ko‘p muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu qog‘ozda zo‘r ko‘rinadigan, amaliyotda esa eng rasvo transferlardan hisoblanadi, - dedi Trevor Sinkler.
Krishtianu Ronaldu yaqinda klub rahbariyati Ralf Rangnik o‘rniga o‘ziga ma’qul keladigan bosh murabbiy tayinlanmasa, klubdan ketishini ta’kidlagandi.
Fikrlar