"Bu jamoaga o‘tganimdan afsuslanmayman" - Artyom Filiposyan uchun mavsumdagi eng yaxshi murabbiy va futbolchi kim? Mundial finalida qaysi termalarni ko‘rmoqchi?

  • 23 noyabr, 2022, 23:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK klubi himoyachisi Artyom Filiposyanni biz aytmasak ham ishqibozlar yaxshi biladilar. Tajribali o‘yinchi mavsumning ikkinchi yarmidan olmaliqliklar safida to‘p surib kelmoqda.

Tecno

U bilan mavsum yakunlariga doir suhbatlashishni lozim topdik. Shu bilan birga uninga yana ayrim masalalardagi fikrlari bilan ham qiziqib ko‘rdik.

- Artyom, bu yilgi mavsumni "So‘g‘diyona"dan boshlab AGMK klubida tugatdingiz. Ushbu chempionatda nimaga erishdingiz va nimani yo‘qotdingiz?

- AGMKga o‘tishim men uchun kutilmagan taklif bo‘ldi va bu jamoaga ko‘chib o‘tganimdan afsuslanmayman. Erishganim shu bo‘ldiki, AGMK Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi. Tabiiyki, bundan juda xursandman. Yo‘qotgan tomonim esa bu OFK Kubogi musobaqasi bo‘ldi. Bundan boshqa hech narsa! Ammo aytishim kerakki, o‘z vaqtida “Nasaf” bilan OFK Kubogida g‘olib chiqqanman.

- Adashmasam, AGMK bilan 1,5 yillik shartnoma tuzgansiz. Shunday ekan, kelasi mavsum uchun ham yangi takliflar borasida bosh qotirmayapsizmi yoki...

- Ha, AGMK bilan 1,5 yillik shartnoma imzolaganman. Klub rahbari bilan o‘zaro gaplashib olganmiz. Agar yaxshi taklif bo‘lsa, kelishi olamiz. Hozircha uydaman, dam olyapman. Takliflar haqida o‘ylamayapman. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.

artyom3_1

- Bu yil "Paxtakor" yana chempionlikni qo‘lga kiritdi. Buni kutganmidingiz?

- To‘g‘risini aytaman, “Paxtakor” chempionlikka favorit edi. Chunki bu jamoada iroda kuchli. “Paxtakor” hamisha chempionlikka da’vogar bo‘lib kelgan.

- Siz uchun ushbu mavsumdagi eng yaxshi murabbiy va futbolchi kim?

- Bu mavsumdagi yaxshi murabbiy bu - Timur Kapadze. Eng yaxshi futbolchi esa Dragan Cheran.

artyom4_1

- Himoyachi sifatida ayting-chi, siz uchun chempionatimizdagi eng xavfli hujumchi sifatida qaysi futbolchini ayta olasiz?

- Men uchun hamma hujumchi xavfli. Lekin bu yil ham Dragan Cheran yana xavfli bo‘lib chiqdi. 4 yildan beri Superligda to‘purar bo‘lib kelyapti. Qoyil qolish kerak.

- Sizga ko‘proq qaysi klub o‘yini yoqdi?

- Menga ko‘proq “Barselona” bilan “Manchester Siti”ning o‘yinlari yoqadi.

artyom_2

- O‘zimizni chempionatdan-chi?

- O‘zimizdan esa ko‘proq “Olimpik” bilan “Nasaf” jamoasining o‘yinlari manzur keldi.

- AGMK Osiyo Chempionlar ligasi pley-offida o‘ynaydi. Bu borada maqsad qanday?

- Ha, AGMK pley-offda o‘ynaydi. Maqsad bitta: guruh musobaqasiga chiqish. Nasib qilsa, buni uddalaymiz.

artyom2_1

- Jahon chempionatida kim g‘olib chiqadi, deb o‘ylaysiz va yoqtirgan terma jamoangiz?

- Portugaliya va Argentinaga ishqibozlik qilaman. Chunki Messi bilan Ranaldu bor. Bu ikki futbolchilardan biri yutsa yaxshi bo‘lardi. Chunki ikkalasi ham dunyodagi eng zo‘rlari.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
24/11/2022 18:04
АГМК М. Косимов бошчилигида Осиё уйинларида музкаймок еб семечка чакиб келасизлар холос чунки у ерда Миржалолни эшитадиган крахаборлар йук