Bu klub Evropada eng tezkor hujumga ega!

  • 20 avgust, 2022, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi va “Bavariya”ning sobiq futbolchisi Karl-Xaynts Rummenigge  myunxenliklarning hujum chizig‘iga yuqori baho berdi.

- Men “Bavariya”ning hujum chizig‘i Evropada eng tezkor, deb hisoblayman. Klub yozda ajoyib transferlarni amalga oshirdi. Mavsumning dastlabki uchrashuvlari jamoa to‘g‘ri yo‘ldan borayotganini ko‘rsatib turibdi, - dedi Karl-Xaynts Rummenigge .

“Bavariya” yozda bir necha pozitsiyalarni kuchaytirdi. Xususan, klub o‘z safiga Sadio Mane, Matteys de Ligt, Matis Tel, Rayan Gravenberx, Nussayr Mazraui kabi yulduzlarni qo‘shib oldi.

Myunxenliklar Bundesliganing dastlabki ikki uchrashuvida g‘alaba qozonib, raqiblar darvozasiga umumiy hisobda sakkizta to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!